Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish  to‘g‘risida” gi qonuniga 2013 yil 30 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llanilishi belgilangan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tashkilotning standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 

Sayyor qabul Namanganda!
  • 19.11.2015
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  10532

Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish va mahsulotlarni standartashtirish masalalari Kompleksi tarkibidagi idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining 2015 yil 2-yarim yillik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul rejasiga asosan, “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining mazkur masallar yuzasidan sayyor qabuli davom etmoqda.

"O'zstandart" agentligi 2015 yil 1 avgustidan O‘z DSt 8.029:2014 "O'zbekiston Respublikasining o'lchashlar birligini ta'minlash tizimi. O'lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar" davlat standarti amalga kiritilganligini ma'lum qiladi.

Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar diqqatiga!
  • 03.11.2015
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  10752

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.