O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining «2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-son qarorning 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2024 — 2026 yillar uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari”ning 18.4-bandida “Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” tasdiqlangan hamda 2024-yil uchun davlat byudjetidan 27,0 mlrd.so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Agentlik tizim tashkiloti “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM (keyingi o‘rinlarda - Institut) tomonidan umumiy qiymati 27,0 mlrd. so‘mlik yuqori aniqlikdagi etalonlar xaridi uchun belgilangan tartibda texnik topshiriqlar ishlab chiqildi hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajatlar smetasi tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazildi.

Shuningdek, umumiy qiymati 17,5 mlrd. so‘mlik (1,4 mln. dollar) yuqori aniqlikdagi 3 ta (suyuqliklarning elektr o‘tkazuvchanligi birligi etaloni, suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining (pN) ko‘rsatkichi etaloni, suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining nitrat (rX) ko‘rsatkichi etaloni) etalonlarni xaridi uchun belgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazilib, shartnoma imzolandi.

Bundan tashqari, Institut tomonidan 9,5 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga 2 ta (o‘lchash tok transformatorlari kalibrlash tizimi etaloni va Xajm o‘lchash birligi etaloni) etalonlarni xarid qilish uchun cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimi (https://etender.uzex.uz)ga, hamda, Institutning veb-saytiga tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon joylashtirildi (elon qilindi).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 dekabrdagi PQ-422-sonli qarorining  7-ilovasiga asosan rivojlantirish dasturlari va byudjet xarajatlarini  maqsadli indikatorlarining 2024-yil 3-chorak ijrosi to‘g‘risida hisobot