O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining «2024-yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-son qarorning 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2024 — 2026 yillar uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari”ning 18.4-bandida “Etalonlarva yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” tasdiqlangan hamda 2024-yil uchun davlat byudjetidan 27,0 mlrd.so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Agentlik tizim tashkiloti “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM (keyingi o‘rinlarda - Institut) tomonidan umumiy qiymati 27,0 mlrd.so‘mlik yuqori aniqlikdagi etalon xaridi uchun belgilangan tartibda texnik topshiriqlarishlab chiqildi hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajatlar smetasi tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazildi va umumiy qiymati 17,8 mlrd. so‘mlik yuqori aniqlikdagi 3 ta etalon xaridi uchunbelgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazilib, shartnoma imzolandi.

Shuningdek, Institut tomonidan o‘lchash tok transformatorlari kalibrlash tizimi etaloni xarid qilish uchun tender hujjatlari ishlab chiqilib, xarid komissiyasi bilan kelishildi va 2024-yil 21-iyunida cheklanmagan miqdordagi shaxslar uchun maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimi (https://etender.uzex.uz) hamda Institutning veb-saytida tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e'lon joylashtirildi (elon qilindi). Tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati 2024 yil 19 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 11:52da yakunlanadi.

Bundan tashqari, Hajm o‘lchash birligi etaloni xarid qilish bo‘yicha tender hujjatlariga olingan xulosalar asosida o‘rnatilgan tartibda cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimida (https://etender.uzex.uz) e'lon berish ishlari amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 dekabrdagi PQ-422-sonli qarorining  7-ilovasiga asosan rivojlantirish dasturlari va byudjet xarajatlarini  maqsadli indikatorlarining 2024-yil 2-chorak ijrosi to‘g‘risida hisobot