Muvofiqlik sertifikatini izlash – interaktiv xizmati joriy etildi
“O’zstandart” agentligi tomonidan 2015 yildan boshlab Davlat reestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini qidiruv bo’yicha interaktiv xizmati joriy etildi.
Ishlatuvchilar sertifikatni blank raqami yoki ro’yxat raqami, berilgan muddati, STIR yoki arizachining nomi, mahsulot nomi, sertifikatni bergan sertifikatlashtirish idorasining nomi orqali topishlari mumkin.
Xar bir ishlatuvchi 2015 yilda berilgan muvofiqlik sertifikatini Davlat reestridan o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotni tekshirib ko’rishi mumkin. Ushbu xizmat 2015 yilning yanvar oyida sertifikatlashtirish ishlarini hisobga olish bo’yicha axborotlashtirish tizimini joriy etilganidan keyin tadbiq etildi.
Mazkur xizmat havola yordamida ishlatilishi mumkin.
Xizmat test tartibida ishlaydi.
2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining Hay’at yig‘ilishi
Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.
2015-yil yakuni bo‘yicha "O‘zstandart" agentligining Xay’ati yig‘ilishi
2015 yilning 19 yanvarida “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida 2015 yil tashkilot faoliyatining natijalari bo‘yicha kengaytirilgan Xay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida barcha tuzilma bo‘linmalar, hududiy boshqarmalar va “O‘zstandart” agentligiga qarashli tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar
Xalqaro akkreditatsiya sertifikatining taqdimoti
2016 yilning 10-mart kuni "O'zstandart" agentligi bosh binosining kichik majlislar zalida "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korxonasi qoshidagi Sinov laboratoriyalari kompleksiga Turk akkreditlash agentligi (TurkAK) idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan Xalqaro akkreditatsiya sertifikati taqdimoti bo'lib o'tdi.
Aloqa va telekommunikatsiya sohasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash
«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi.