Узбекское агентство
по техническому регулированию

OБРАЩЕНИЯ  ГРАЖДАН

Fuqarolarning murojaati


Найти

Кенгайтирилган қидирув

2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining Hay’at yig‘ilishi

Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

Vazirlar Mahkamasining 19.10.2015 yilda 298-sonli qarori qabul qilindi

2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida 2015 yil 19 oktyabrda 298-sonli qarori qabul qilindi.

2015-yil yakuni bo‘yicha "O‘zstandart" agentligining Xay’ati yig‘ilishi

2015 yilning 19 yanvarida “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida 2015 yil tashkilot faoliyatining natijalari bo‘yicha kengaytirilgan Xay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida barcha tuzilma bo‘linmalar, hududiy boshqarmalar va “O‘zstandart” agentligiga qarashli tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar

“Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli buyrug‘i ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 16 yanvardagi 2754-sonli).  

2016 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining Hay’at yig‘ilishi

Tashkilotning 2016 yil 1-chorak faoliyati yakunlari bo‘yicha 2016 yil 19 aprel kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Sifatni boshqarish bu-sifatli mahsulot demakdir

E’tiborli tomoni shundaki, “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan yillar davomida Respublikamiz korxonalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

“Xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Respublikaning sport va ta’lim muassasalarini sifatli sport asbob-uskunalari bilan ta’minlash, xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 14 iyunda “Xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori qabul qilindi.

Joriy yilning 16 iyul kuni “O‘zstandart” agentligida kengaytirilgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishida agentlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy va tarkibiy tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Samarqand viloyatida “Sifat oyligi” yuzasidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand viloyat Matbuot uyida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat xalq xo‘jaligi sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida "Sifat oyligi" o‘tkazilayottanligi munosabati bilan Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari tomonidan "Sifat-kelajak poydevori" mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. 

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti – ISO ning 39-Bosh assambleyasi

“O‘zstandart” agentligi mutaxassislari 2016 yilning 9-14 sentyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti – ISO ning 39-Bosh assambleyasida ishtirok etishdi.

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sinov laboratoriyalari majmuasining akkreditatsiya doirasi kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi 2343-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zstandart” agentligi Akkreditatsiya Kengashining 2016 yil 28 sentyabrdagi AK-262-sonli qaroriga muvofiq, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sinov laboratoriyalari majmuasining “Energotejamkor lampalar va svetodiod yoritgichlarning energosamaradorligini baholash” bo‘yicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. 

Sifatni boshqarish bu - sifatli mahsulot demakdir.

E’tiborli tomoni shundaki, “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan yillar davomida Respublikamiz korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.  

Umumiy texnik reglamentlar muhokamasi

“Oziq-ovqat mahsulotlari yorliqlanishiga bolgan talablar” va “Oziq-ovqat mahsulotlarining qadoqlanishi xavfsizligi” Umumiy texnik reglamentlar muhokamaga qoyilmoqda.

Umumiy texnik reglament loyihasi muhokamasi

«O‘quv xonalari (auditoriyalar, laboratoriya xonalari, ustaxonalar) xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament loyihasi muhokamaga qo‘yilmoqda.

Andijon shahrida “mashinasozlik va elektrotexnika maxsulotlarining sinov laboratoriyasini yaratish” loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli “2020 yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan, hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshida, mashinasozlik va elektrotexnika maxsulotlarining davriy sinov va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyasini yaratish loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari bilan yig‘ilishi

Joriy yilning 17 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Agentlik Bosh direktori o‘rinbosari rahbarligida menejment tizimlariga xalqaro darajada tan olinadigan muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish vakolatiga ega sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK va uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining labaratoriyalarini zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlashga e’tibor qaratib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda agentlik tizimidagi sinov laboratoriyalarini rivojlantirish rejasi” ga muvofiq, Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Korxona, tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va muvofiqlikni baholashda ishtirok etuvchi mutaxassislar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda Sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 298-sonli, 2015 yil 14 oktyabrdagi “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini 

Xalqaro sifatni boshqarish tizimlari - tadbirkorlar yutug‘ining kafolati!

Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish va sertifikatlashtirish eng dolzarb masalalardan biridir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida siqilgan gazni sinash yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli qarorining belgilangan 2016-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi komplekslariga kiruvchi vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari tarkibidagi korxonalarning sinov laboratoriyalarini yangi sinov uskunalari bilan jihozlash hamda yangi laboratoriyalarni tashkil qilish belgilangan.