Me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va davlat fondini yuritish bo‘limi xodimlarining tashabbuslari bilan vazirliklar, tashkilotlar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalariga asosan, me’yoriy hujjatlarning nusxalari, me’yoriy hujjatlarning yillik ko‘rsatkichlari (kataloglar) bilan ta’minlandi, hamda buyurtmachilarning murojaatlariga asosan ularning me’yoriy hujjatlarini aktuallashtirish ishlari amalga oshirildi.
Horijiy davlatlardan tadbirkorlar tomonidan Respublikamiz hududiga olib kelinayotgan va chetga olib ketilayotgan mahsulotlarga tegishli me’yoriy hujjatlarini shartli belgilari va nomlarini aniqlab berish xizmatlari ko‘rsatildi.
2017 yil 1 yarimida me’yoriy hujjatlar davlat fondiga 310 ta me’yoriy hujjatlar kelib tushgan. Undan: davlatlararo (GOST) 24 ta (ja’mi 20227ta), xorijiy davlatlar standartlari (GOST R) 86 ta (ja’mi 13451), xalqaro standartlar (ISO) 72 ta (ja’mi 11470 ta).
Respublika me’yoriy hujjatlar davlat fondi 342 ta hujjatlar bilan to‘ldirildi. Shulardan: O'z DSt – 54 ta (ja’mi 4284), Ts - 288 ta (ja’mi 6992 ta).
Hisobot davrida buyurtmachilarga me’yoriy hujjatlarning nusxalarini ko‘paytirib berishga 490 ta buyurtma kelib tushgan. Buyurtmachilar 2901 ta me’yoriy hujjatlar nusxalari bilan ta’minlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat standartlari (O'z DSt) 34 ta va tashkilotning standartlari (Ts) 34 ta yillik ko‘rsatkichlari tayyorlandi, shu bilan birgalikda 35 nusxada Davlatlararo standartlarning yillik ko‘rsatkichlari buyurtmachilarning murojaatlariga asosan elektron shaklda takdim etildi.
Buyurtmachilarni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va ular haqida ma’lumot berish uchun 590 ta korxona va tashkilotlar bilan 122,9 mln. so‘mlik shartnomalar tuzildi.
Buyurtmachilarning shartnomalari asosida me’yoriy hujjatlar nusxalari bilan ta’minlash va ular haqida ma’lumot berish bo‘yicha 490 ta korxona va tashkilotlar bilan 111,6 mln. so‘mlik ish bajarildi.
Hisobot davrida bo‘lim tomonidan jami 122,9 mln.so‘mlik shartnomalar tuzilib, bajarilgan ishlar hajmi 111,6 mln. so‘mni 2016 yil 3 oyiga (yanvar, fevral, mart) nisbatan (98,0 mln. so‘m) 113,9 foizga ortiqni tashkil qildi.
Axborot ma’lumot markazi direktori tomonidan puxta va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan dastur o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты