Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy putur yetkazadi. Shu bilan birga, fuqarolarning ijtimoiy adolat, haqiqat va davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Shuning uchun bu illatga qarshi kurashish dolzarb ahamiyatga ega.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tgan bojxona organlarida korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga qarshi kurashish hamda ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida shu xususida so‘z yuritildi.
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Rejapov va boshqalar bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilinayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani, xodimlarning xizmat vazifalariga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirish dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Bojxona tizimi mamlakatimiz ichki bozorini himoya qiluvchi va boshqa bir qator muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajaradigan huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.
Bojxona organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunbuzarlik sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda bojxona organlari saflarini nopok xodimlardan tozalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Toshkent shahar bojxona boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari tomonidan haftaning payshanba kuni bojxona postlari, korxona va tashkilotlarda turli profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Tizimda “ishonch telefoni” (0 371 120 76 71) joriy qilingan bo‘lib, u orqali fuqarolar bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan xabar berishlari mumkin.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты