Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, yanada farovon turmushga erishishning muhim omiliga aylanmoqda.
Buni Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Shahrisabz tumanidagi “Eko parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 70 ming zotli tovuq parvarishlanib, kuniga 60 mingdan ziyod tuxum olinayotir.
– Tovuq parvarishlanadigan sexlar xorijdan keltirilgan zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan, – deydi “Eko parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Muhiddin Umidov. – Tovuqqa yem berishdan tortib, tuxumini olishgacha bo‘lgan barcha jarayon avtomatlashgan tizimda ishlaydi. Iste’molchining didi nozik, tanlash imkoniyati keng. Binobarin, faoliyatni muntazam takomillashtirib borish tadbirkorlikning birinchi talabidir.
Besh yil avval 10 ming tovuq boqish bilan faoliyat boshlagan korxona bosqichma-bosqich modernizatsiya qilindi. Istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi, yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ayni paytda bu yerda 20 kishi mehnat qilmoqda.
Ichki bozorda mustahkam o‘rin egallagan korxona mahsulotni tashqi bozorga chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydi. O‘tgan yili qo‘shni Afg‘oniston va Tojikiston davlatlariga 107 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning 1-apreliga qadar bu ko‘rsatkich 320 ming dollardan oshdi. Korxona jamoasi yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 1 million dollarga yetkazishni rejalashtirgan.
– Aholiga tarqatish uchun 80 ming dona naslli jo‘ja ham parvarishlaymiz, – deydi korxona ish boshqaruvchisi Umarxon Umidov. – Faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida 10 milliard 200 million so‘mlik yirik loyiha ustida ish olib borilmoqda. Naslli parrandani o‘zimizda yetishtirish imkonini yaratadigan ushbu loyihaga ko‘ra, yiliga 456 ming dona jo‘ja ochirishga mo‘ljallangan zamonaviy inkubatsion sex, jo‘ja yetishtirish va 50 ming tovuq boqish uchun qo‘shimcha zamonaviy obyektlar quriladi. Natijada 30 yangi ish o‘rni yaratiladi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты