O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida moliya nazorati, ichki va tashqi audit institutlarini yanada mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda ularning ishtirokini faollashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va O‘quv markazi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamkorligida tashkil etildi.
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaxsiy mulk daxlsizligini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu borada qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaydigan institutsional va huquqiy asoslar shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi samarali tizim faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, 2017-2018-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi ham tasdiqlandi.
Bugungi kunda Hisob palatasi huquqni himoya qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni birgalikda tekshiruvlar sonini oshirdi.
Davra suhbatida byudjet tashkilotlari faoliyatini nazorat tekshiruvlarining natijalari taqdim etildi. 2016-yilning o‘zida 3,1 mingta byudjet tashkilotining moliyaviy faoliyati tekshirildi. Aniqlangan ayrim toifadagi moliyaviy huquqbuzarliklar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, oylik ish haqi ustamasi, pensiya va nafaqalar, o‘tkaziladigan tender savdolari bilan bog‘liq tez-tez uchrab turadigan huquqbuzarliklar haqida ham so‘z yuritildi.
Tadbirda korrupsiya va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты