Go‘dak yig‘isi dunyoga yana bir mehmon kelganidan darak. Shu daqiqadan u yashash, ijtimoiy yordam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim egallash singari huquqlarga ega. Bizning yana ko‘plab huquq va majburiyatlarimiz borki, bularning barchasi Bosh qomusimiz – Konstitutsiyamizda aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan. Mazkur hujjat orqali daxlsizligimiz ta’minlanadi, vijdon erkinligi kafolatlanadi...
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi bir qator hamkor tashkilotlar bilan Yoshlar ijod saroyida tashkil etgan “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi Toshkent shahar bosqichida ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Tanlovda o‘n bir jamoa beshta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Harakatlar strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan alohida bob bo‘lib, unda keng ko‘lamli vazifalar, jumladan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar belgilangan. Mazkur hujjatga muvofiq o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni Konstitutsiyamiz va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari B.Mirzayev va boshqalar qonunni bilish o‘zlikni anglash, o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish ekanini ta’kidladi.
Ko‘rik-tanlovda o‘quvchilarning Harakatlar strategiyasiga oid bilimlari ham sinovdan o‘tkazildi. Jamoalar chiqishlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila va Mehnat kodekslarining yoshlarga oid bandlari hamda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga saylovlar, saylovchilarning huquqlari, vijdon erkinligi, aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlar ijrosini aks ettiruvchi lavhalar namoyish etildi, tergov va sud jarayonlariga oid sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты