Dunyo miqyosida 20 may - Butunjahon metrologiya kuni sifatida keng nishonlanadi. Joriy yilda mazkur sana "Transport uchun o‘lchashlar" shiori ostida o’tkazilmoqda. Kecha poytaxtimizda "Uzstandart" agentligi tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumanida shu xususda so‘z yuritildi.
Yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalari har bir ishlab chiqarish korxonasi uchun foydalidir. Takidlandiki mamlakatimizda bosh sohalar qatorila standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya
masalalariga xam alohida e’tibor qaratilib, bu borada ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi, "Metrologiya to‘g‘risida"gi, "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida"gi, "Ozik-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida"gi, "Istemolchilar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari shular jumlasidandir.
Prezidentimizning shu yil 28 apreldagi "Uzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori tizim faoliyatini jahon standartlari asosida yuritish borasida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu hujjatga muvofik, "O’zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat korxonasi tashkil kilinib, etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarini
saqlab turish, ularni xalqaro darajada solishtirish, shuningdek, o‘lchov birliklarini uzatish ishlarini takomillashtirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi. Bundan tashqari. qarorda yuqori aniqlikdagi
15 ta etalon xarid qilinishi, xorijiy davlatlar o‘rtasida solishtirish ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, chet ellardagi qiyoslash-o’lchov vositalarining mamlakatimizga tatbiq etilishi ko‘zda tutilganki, bu ishlab chiqarish
korxonalarida valyuta tejash orqali iqtisodiyotimiz ravnaqiga xizmat qilshi bilan ahamiyatlidir.
Dilshod Ulug’murodov
«Xalq so‘zi» muxbiri.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты