Termizda “Mening biznes g‘oyam” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning intilish va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lami ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Markaziy bank va bir qator tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlov ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Tanlovda kasb-hunar kollejlarining 140 nafar bitiruvchisi o‘z biznes-rejasi bilan ishtirok etdi.
– Tanlov bitiruvchilarning loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish orqali bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgani yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi mas’ul xodimi Umid Qulmamatov. – Tadbirda iqtisodchi olimlar, tijorat banklari, mehnat boshqarmasi, soliq va boshqa idoralar mutaxassislari tomonidan yoshlarga bozorni o‘rganish talablari, biznes-reja tuzish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, kredit ta’minoti kabi mavzular yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida yoshlarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha biznes loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Termiz shahridagi “Shindong-Spinning-Termiz” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasiga sayohat tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan saralab olingan 40 ishtirokchining 1 milliard 300 million so‘m miqdoridagi istiqbolli biznes g‘oyalari viloyat miqyosida moliyalashtirishga tavsiya etildi. 12 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты