Mahsulot eksportga chiqariladi

Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Ahmad-Isroil teks” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida 30 turdagi paypoq ishlab chiqarilmoqda. 

O‘tgan yili faoliyat boshlagan korxona yiliga bir yarim million juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda 50 ishchi mehnat qilayotgan korxonada joriy yilning uchinchi choragidan mahsulotlar turini oshirish rejalashtirilgan. 

—O‘zbekistonda tadbirkorlik rivoji uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, korxona faoliyatini yanada kengaytirishga e’tibor qaratmoqdamiz, - deydi korxona investori Abdukarim Yosin. — Ayni paytda mahsulot eksportini amalga oshirish maqsadida Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi hamkorlar bilan amaliy ish olib bormoqdamiz. Mahsulotning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi. 


 O‘zA