Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi yoshlarda bolaligidan kitobga mehr uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi tashabbusi bilan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 145-maktabgacha ta’lim muassasasida «Bir bolaga besh kitob» shiori ostida tashkil etilgan kitob marafonida bu alohida ta’kidlandi.
Ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida 400 ga yaqin o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Muassasada tasviriy san’at, musiqa, boshlang‘ich matematika, jismoniy tarbiya, og‘zaki nutq, ingliz tili, o‘qish-yozish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Yaqinda bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi ko‘magi bilan kutubxona tashkil etildi. Ziyo maskani ixcham ko‘rinishdagi kitob javonlari, katalog qutilari, mutolaa stollari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlandi. Bolajonlar tarbiyachi opalari, ota-onalari bilan kelib, vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda. Kutubxona xizmatidan mazkur muassasa tarbiyalanuvchisi bo‘lmagan bolalar va ularning ota-onalari ham foydalanishi mumkin.
Marafonda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, mahalla faollari, ota-onalar o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, mutafakkirlar hayoti va faoliyati, ajdodlarimizning ma’naviy jasorati, qahramonliklariga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarni kutubxonaga sovg‘a qildi.
Bir nechta ertak kitoblarini quchoqlab olgan qizaloq e’tiborimizni tortdi. Uning ismi Muxlisa bo‘lib, mazkur ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi ekan.
– Qizim olti yoshda bo‘lsa-da, o‘qish-yozishni o‘rganib olgan, – deydi uning onasi Shahlo opa. – Ertak kitoblarni men bilan birga mutolaa qiladi. Qizimga tug‘ilgan kunida, bayramlarda bolalar adabiyotiga xos kitoblarni sovg‘a qilaman. Kitob do‘konlarini ham birga aylanamiz. Kichik yoshdanoq kitobga oshno bo‘lgan bolaning nutqi ravon, tafakkuri keng, zehni o‘tkir bo‘ladi.
Jajji o‘g‘il-qizlar tayyorlagan qo‘shiq va raqslar guldastasi tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты