Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya Respublikasining "Korea Apparel Testing & Research Institute" (KATRI) prezidenti Shin Dong Joon bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida KATRI kompaniyasi bilan 2024–2026-yillar davomida "Uzbekistan Textile Standard & Certification Capacity Building Program" grant dasturi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan keng koʻlamli ishlar koʻrib chiqildi.
Tekstil sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida toʻqimachilik standartlari va muvofiqlikni baholash boʻyicha kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni Koreyada amaliyot oʻtash, trening-seminarlar tashkil etish va Koreya ekspertlarni jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shin Dong Joon Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻzbek–Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan hujjat imzolandi.