Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Hindiston standartlar Byurosi (BIS) hamda Fransiya standartlashtirish idorasi (AFNOR) rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar chogʻida mamlakatlar oʻrtasida texnik tartibga solish, ctandartlashtirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Maʼlumot uchun: Hindiston standartlar Byurosi (BIS) faoliyati 1947-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ning toʻlaqonli aʻzosi. ISO tashkilotini 562 ta texnik qoʻmitasida toʻlaqonli, 149 ta texnik qoʻmitasida kuzatuvchi, IEC tashkilotini 128 ta texnik qoʻmitasida toʻlaqonli, 51 ta texnik qoʻmitasida kuzatuvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Fransiya standartlashtirish idorasi (AFNOR) faoliyati 1901-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ning toʻlaqonli aʻzosi. ISO tashkilotini 648 ta texnik qoʻmitasida toʻlaqonli, 115 ta texnik qoʻmitasida kuzatuvchi, IEC tashkilotini 171 ta texnik qoʻmitasida toʻlaqonli, 23 ta texnik qoʻmitasida kuzatuvchi cifatida faoliyat yuritadi.

Standartlashtirish, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlash, menejment tizimlarini sertifikatlash, treyning va oʻquv kurslari, Savdoda texnik toʻsiqlarni qoʻllash boʻyicha kelishuv va Jahon savdo tashkilotining axborot markazini boshqarish, SE markirovka mavzulariga eʼtibor qaratildi.

Milliy texnik qoʻmitalar faoliyati, ularning ISO va IEC xalqaro texnik qoʻmitalarida faolligini oshirish, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, standartlar tarjimasi boʻyicha fikr almashildi va tajriba oʻrganildi.