Mamlakatimizda bugungi kunda energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan keng islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkoniyatini yaratmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha seminar tashkil etildi. Tadbirda Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-son Qarorining mazmun-mohiyati yetkazildi. Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.