Kelajak egalari bo‘lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishda ustoz va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ana shu buyuk kasb egalarining bayrami arafasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha fidoyi xodimlarni samimiy tabriklab, ustozlarning mashaqqatli va murakkab faoliyati mobaynida kuchli bilim, tajriba, mahorat, shijoat, eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon qilishi – bu ertangi kelajagimiz uchun gʻamxoʻrlik ekanligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida sohada samarali mehnat qilib, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlar e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.