O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Prezidentimiz tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-210-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokidagi mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Xudayberdi Tursunbekov tomonidan Qonun va qaror talablari ijrosini ta’minlash hamda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalari batafsil yoritib berildi.
"Xizmat ko‘rsatish sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish" mavzusidagi seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha misollar orqali javob qaytarildi.