Moskva shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiyaning avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (НАМИ) sinov markazi rahbari Zagarin Denis Aleksandrovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasining avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish sohasidagi yetakchi ilmiy markaz faoliyati, avtopoligonda olib boriladigan va ko‘rsatiladigan xizmat turlari bilan yaqindan tanishildi.


Sinov laboratoriyalarini xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulot sinovlarini yanada takomillashtirish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish hamda ichki va tashqi bozorlarga sifati kafolatlangan mahsulotlarni yetkazib berish, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularning ilmiy saloxiyatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.


Shuningdek, mazkur xorijiy tashkilotning Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) "Yo‘l transporti" 22 texnik qo‘mitasidagi faoliyati, UNECE tashkilotining g‘ildirakli transport vositalariga oid standartlari va tartiblarini qo‘llash jarayonlari ham o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiyaning avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (НАМИ) o‘rtasida standartlashtirish va sinov sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.


Quyidagi link orqali "Государственный Научный Центр Российской Федерации ФГУП НАМИ" faoliyati va xizmat turlari bilan tanishish mumkin: https://nami.ru