Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlar instituti (TSE) vakili Metexan Chalishni bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv mobaynida yangi sinov laboratoriyalarini barpo etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirish, yangi sinov metodlarini joriy etish masalalari tomonlar o‘rtasida muhokama qilindi. Yakunda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.