O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston standartlar institutning faoliyati, mavjud infratuzilmani yaxshilash, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan Institut masʼullari bilan uchrashdi.
Shuningdek, joriy yilning avgust oyida bolalar o‘rtasida Janubiy Koreya Respublikasida o‘tkaziladigan Xalqaro standartlar olimpiadasida ishtirok etuvchi Al-Xorazmiy va Toshkentdagi prezident maktabi o‘quvchilarining tayyorgarlik jarayonlarida ular bilan suhbatlashib, xalqaro musobaqada ulkan zafarlar tiladi.