O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining "Uzmetconstruction" sinov laboratoriyalar majmuasida rux va polimer qoplamali metall listlarni sinovlarini o‘zlashtirish uchun olingan sinov uskunlari bilan tanishdi.
![]() |
Bundan tashqari, 880-sonli Gaz yoqilg‘isida ishlaydigan uskunalar xafvsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq Maishiy gaz plitalar sinovlarini o‘zlashtirish uchun ishlab chiqilgan nostandart sinov uskunalari e’tibor markazida bo‘ldi.
![]() |
Metall mahsulotlariga ixtisoslashgan mazkur laboratoriyada sinov uskunalarini to‘liq hajmda ishlashini ta’minlash hamda sinov majmuasi yer to‘la qismidan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
![]() |