Rossiya texnik tartibga solish agentligi raxbari Anton Shalaev va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rosstandart o‘rtasidagi hamkorlik dasturini amalga oshirishning hozirgi holati va kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib va uning natijalari yuqori baholandi. Bundan tashqari, kun tartibidagi muhim masalalar bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, soha yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash shuningdek, ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari va oliy o‘quv yurtlarining standartlashtirish, texniktartibgasolish va metrologiya sohasida o‘zaro hamkorligi masalalariga etibor qaratildi.
Rossiya delegatsiyasi Agentlikda I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti bilan hamkorlikda yangi tashkil etilgan “O‘quv va amaliyot” xonasi va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib, mazkur xona soha yo‘nalishi uchun yetuk kadrlar tayyorlashga yordam berishiga umid bildirdilar.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Vaqt va chastota laboratoriyasi Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lganligi, yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va me’yoriy talablarga mosligi Rossiya delegatsiyasi tomonidan e’tirof etildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarda ikki tomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda sifat infratuzilmasini xalqaro andozalarga moslashtirish, umume'tirof etilgan halqaro standartlardan keng foydalanish uchun qulay muhitni yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlarida zamonaviy uslublarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 fevraldagi PF-41-son Farmoni va 2024 yil 28 fevraldagi PQ-91-son qarori qabul qilindi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты