Joriy yilning mart oyidan boshlab agentlikning O'zbekiston milliy metrologiya instituti Vaqt va chastota laboratoriyasi Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
2024-yil mart holatiga ko‘ra BIPM TAI da 69 ta davlatdan 90 ta laboratoriya a’zo sifatida Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni shakllantirishda ishtirok etmoqda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota laboratoriyasi BIPM TAIning 90-chi a’zosi bo‘ldi ( https://webtai.bipm.org/database/showlab.html  ).
Shuningdek, laboratoriya BIPM Vaqt va chastota maslahat qo‘mitasi (CCTF) tomonidan doimiy ravishda olib boriladigan CCTF-K001.UTC asosiy solishtirishda ishtirok eta boshladi (https://www.bipm.org/kcdb/comparison?id=735). Bu o‘z navbatida O‘zbekiston milliy metrologiya institutida hosil qilingan Vaqt va chastota etaloni hamda Vaqt va chastota laboratoriyasidagi mavjud namunaviy o‘lchash vositalari metrologik kuzatiluvchanligini Xalqaro birliklar tizimi (SI) gacha ta’minlash imkoniyatini beradi.