Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni keng jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligi vakillari hamkorligida Uchtepa kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi.
Aytish joiz, mazkur kichik sanoat zonasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-oktyabrdagi 806-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Obyektning umumiy yer maydoni 5,1 gektarni tashkil etadi.
Dastlab ishchi guruh aʼzolari “REAL TOYS”, “NBF MED”, “Art Dekor Group” MCHJda boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ishchi-xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya yoʻnalishidagi muammo va takliflarini oʻrgandi.
Ishchi guruh aʼzolari korxonalar faoliyatini oʻrganish barobarida, yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, eksport, texnik tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berdi.
“REAL TOYS” korxona rahbarining aytishicha, korxonada bolalar uchun oʻyinchoq mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oʻyinchoq mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishda Yevropa Ittifoqida talab qilinadigan “СE” markirovkasi olishga ehtiyoj bor.
Mazkur murojaat yuzasidan qisqa muddatda amaliy yordam berishga Agentlik ishchi guruhiga koʻrsatma berildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты