Muhtaram Prezidentimiz huzurlarida joriy yilning 16-yanvar kuni “2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash haqida” oʻtkazilgan yigʻilishda davlat byudjeti barqarorligini taʼminlashda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar hamda yoʻqotishlarga toʻxtalib, jumladan, bojxona organlariga byudjetga tushumlarni koʻpaytirish yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasiga qarashli bojxona omborlarida 2024-yil 15-mart kuni holatiga 9 744 partiyada, qiymati 750,1 mln. dollarga teng tovarlar saqlanmoqda.
Mazkur tovarlardan kutilayotgan bojxona toʻlovlari 1,0 trln. soʻmni tashkil etadi.
Shundan, bugungi kunda 628 partiya, qiymati 15,5 mln. dollarga teng tovarlarga (sovutish va muzlatish uskunalari) muvofiqlik sertifikati olishda mavjud muammolar sababli, bojxona omborlarida saqlanmoqda.
Mazkur tovarlardan kutilayotgan bojxona toʻlovlari 44,7 mlrd. soʻmni tashkil etadi.
Bugungi kunda mavjud muammolar:
- - mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini olish uzoq vaqt talab etiladi (2 oydan ortiq muddat);
- - sertifikatni olishda energiya samaradorlik yuzasidan laboratoriya sinovini oʻtkazish uchun muzlatgichga 9,7 mln. soʻm, sovutgichga 3,8 mln. soʻm talab etilmoqda.
- Bojxona organlari tomonidan belgilangan istiqbol reja koʻrsatgichlarini bajarish maqsadida mazkur tovarlar “shartli erkin muomalaga chiqarish” (ND-40 rejimining muddati 60 kun) bojxona rejimiga rasmiylashtirilmoqda.
- Lekin, ushbu tovarlarga muvofiqlik sertifikatini olish
2 oydan koʻp vaqt talab etilayotganligi sababli, bojxona organlari tomonidan ND-40 bojxona rejimining belgilangan muddati buzilganligi uchun tadbirkorlarga maʼmuriy choralar koʻrilmoqda. - Maʼlumot uchun: 2024-yilning oʻtgan davri davomida 28 ta TIF ishtirokchisiga nisbatan 30 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 30,6 mln. soʻm jarima qoʻllanilgan.
- Ushbu muammolar tadbirkorlarning xaqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
- Elektrotexnika sanoatida yangi zaxira va imkoniyatlarni safarbar qilish, yuqori qoʻshilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari, maishiy va boshqa texnikalar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish, shuningdek, sohaga zamonaviy texnologiyalar joriy etishni izchil davom ettirish maqsadida tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, ularga amaliy yordam koʻrsatilishi borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
- Ayni shu maqsadda, 2024-yil 16-mart kuni Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent-tovar” postida Texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov, boshqarma masʼullari ishtirokida tadbirkorlar bilan sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlarini bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida tovarlar uchun muvofiqlik sertifikatini olishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda, ular tomonidan berilgan takliflar tinglanib, murojaatlarga atroflicha javoblar berildi.