O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Buxoro filiallari mutaxassislari viloyatda faoliyat olib borayotgan, sinov uskunalari son jihatdan ko‘p bo‘lgan “LUKOYL” kompaniyasi, BNQZ, MChJ shaklidagi “ASIA TRANS GAS”" QK, “AKSA Enerji Bukhara” MChJ Xorijiy Korxonasi va yangidan qurilish ishlari olib borilayotgan “Acwa Power Dzhankeldy Wind” MChJ, G’ijduvon tumanidagi “Acwa Pover Bash Wind” MChJ xorijiy korxonalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.
Bugun agentlikning Buxoro filiallari mutaxassislari investitsiyalar jalb etish, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “AKSA Enerji Bukhara” MChJ Xorijiy Korxonasida bo‘liishdi. Korxonaning mas’ul xodimi Jobir Shukrullayev ishtirokidagi muzokaralarda sohaga doir bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralar davomida har ikki tomon uchun manfaat keltiradigan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.