O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Samarqand tumanida joylashgan sochiq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Sam Rafoat Tekstil” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan sochiq mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilib berilgan. Hozirda ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan chetdan olib kelingan uskunalariga muvofiqlikni baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Hozirda korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini eksportini amalga oshirmoqda. Mutaxassislar korxona vakillariga sohaga doir qonunchilik talablarini tushuntirib, kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.