O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Pastdarg‘om tumanida joylashgan qurulish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Chordara imkon plyus” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Korxona vakiliga me’yoriy hujjatlarda belgilangan eksportyor korxonalarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.