O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTEST” markazi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Chordara qurilish” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, sohada qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangiliklar yuzasidan ma’lumot berdishdi.
Shuningdek, sohaga doir qonunchilik bo‘yicha ma’lumotlar berilib, korxona vakillar bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.