Bugun O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmali ma’lumotlar asosida ma’ruzalar o‘qildi hamda zilzila sodir bo‘lgan jarayonlarda fuqarolarning himoyalanishi yuzasidan amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
Agentlik va uning tizim tashkilotlaridagi mutaxassislar ishtirok etgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144 sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida soha mutaxassisslari zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida keng tushunchalar berib o‘tdi. Ushbu tadbirlar agentligining tizim tashkilotlarida zilzila va uning oqibatlarida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashga oid o‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida tashkil etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Farmonga asoslangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan agentlik va uning tizim tashkilotlar balansidagi mavjud bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holati to‘g‘risidagi elektron texnik pasport shakllantirilgan hamda yagona integratsiyalashgan pasportbino.uz platformasiga kiritilgan.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты