Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2- iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5133-son qarorida oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan innovatsiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish hamda iqtisodiyot tarmoqlari uchun kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etish belgilangan.
“UzTest” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan hududdagi oliy taʼlim muassasalari bilan soha yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikda - birga ishlash tizimli yoʻlga qoʻyilgan.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Ximiya-texnologiya kafedrasi” oziq-ovqat texnologiyasi bir guruh mutaxassislari filialning sinov laboratoriyalar majmuasida amaliyot oʻtkazmoqda. Amaliyot davrida hududdagi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirish ham tashkillashtirilib turadi. Kuni kecha bir guruh mutaxassislar Xoʻjayli tumanida joylashgan un mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “United kapital” va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Baxmal Savdo” korxonalarida boʻlishdi.
Amaliyotchilar un mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Tadbir davomida masʼullar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari sifati qanday aniqlanadi va laboratoriyadan qanday qilib sinovdan oʻtkazilishi boʻyicha aniq tushintirishlar berildi. Amaliyotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты