Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Agentlik huzuridagi Fargʻona viloyati boʻlinmalari va Fargʻona huquqshinoslik texnikumi talabalari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazdilar.
Uchrashuvda viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sohibjamol Tangatarova ishtirok etib, bayrogʻimiz va madhiyamiz haqida yigʻilganlarga maʼlumot berdi.
Texnikum direktori M.Toshmatova va yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari O.Nasritdinovalar ham oʻzlarining fikr mulohazalarini bildirdilar. Talabalar tomonidan davlat bayrogʻi va madhiyasi haqidagi sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar ishtirokchilarda katta taʼsurot qoldirdi. Tadbir yakunida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi nomidan oʻquv yurti kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etildi.