Joriy yilning 31-oktyabr-4-noyabr kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasining (IEC) navbatdagi 86chi Bosh Assambleya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda 90 dan ortiq davlat Milliy standartlashtirish tashkilotlarining 2000 dan ortiq mutaxassisi ishtirok etdi.
Bosh Assambleya yigʻilishida standartlashtirish, texnik qoʻmitalar faoliyatini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbirda IECning 86-Bosh Assambleya yigʻilish qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi 2023-yilning 1-yanvaridan assotsiatsiyalashgan aʼzo boʻlganligi eʼlon qilindi.
Oʻzbekistonning Xalqaro IEC tashkilotiga aʼzo boʻlishi elektrotexnika va energetika sohalarida zarur boʻlgan xalqaro standartlardan foydalanish;
iqtisodiy integratsiya jarayonlarida IEC xalqaro standartlarini qoʻllash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, zamonaviy texnologiyalar asosida xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish;
energetika va elektrotexnika standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, mazkur sohalarda xalqaro talablar asosida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkonini yaratadi.
Tadbir doirasida Yevropa standartlashtirish tashkilotlari (CEN-CENELEC), Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) bilan uchrashuvlar oʻtkazildi va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты