Navoiy viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan metallurgiya, qurilish materiallari, kimyo sanoati va elektrotexnika yoʻnalishlaridagi “Navoiy viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” oʻtkazildi.
Tadbirda 1500 dan oshiq mahsulotlarni ishlab chiqarib, ichki bozorga, sanoat korxonalariga yetkazib berish hamda chet mamlakatlarga eksport qilish bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari qatnashdi.
Tadbir davomida Davlat nazorati Departamenti Navoiy viloyati boʻlimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan soha yuzasidan suhbatlar oʻtkazilib, ular bergan savol va takliflariga atroflicha javob berilib, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalari boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi.