OʻzTTSA Bosh direktori maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti raisi tizim tashkilotlari Buxoro viloyati filiallari xotin-qizlari ishtirokida “Oila - haqiqiy baxt va halovat qoʻrgʻonidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Buxoro Davlat universiteti professori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori DSc Guli Toirova ishtirok etdi.
Uchrashuvda Prezidentimizning xotin-qizlarga qaratayotgan eʼtibori, yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, inson hayoti oiladan boshlanishi, bu yerda u shaxs sifatida shakllanishi, oila – bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va ham jihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etishi, oilaning farovonligi mamlakat rivojining oʻlchovi sifatida baholanishi, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini taʼminlovchi, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi maskan ekanligi taʼkidlandi.
Davra suhbatida filial xodimalari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.