Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston-Belorusiya   "RANCH” Tyexnologiya Universitetining professor-oʻqituvchilari bilan  uchrashdilar.

Yangi tashkil etilgan mazkur xususiy taʼlim muassasasi, Xorazm  mintaqasida  mashinasozlik va unga turdosh sanoat tarmoq sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

Shuningdek, Universitet  mashinasozlik yoʻnalishida katta tajriba va oʻta zamonaviy laboratoriya bazasiga ega Belorussiya-Rossiya universiteti hamda Belgorod texnologiya universiteti va  Germaniyaning Krone Holding konserni bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qygan.

Eʼtiborli jihati shundaki, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “BRANCH” Texnologiya Universiteti oʻrtasida sanoat korxonalariga metrologiya yoʻnalishida malakali kadrlarni tayyorlash, sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish hamda 5+1 tamoyili asosida talabalarni nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot bilan uyunlashtirish orqali  kengaytirish boʻyicha mashinasozlik yoʻnalishida  sinash va kalibrlashquv xonasini birgalikda tashkil etish yuzasidan hamkorlik qilishga  kelishib olindi.