Joriy yilning 19-yanvar kuni Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qoʻmitasi vakillari bilan navbatdagi onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan tadbirda hamkorlik uchun belgilangan toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari, axborot texnologiyalari (raqamlashtirish) va elektrotexnika yoʻnalishlari boʻyicha olib boriladigan ishlar boʻyicha fikr almashildi.
Tadbir yakuniga koʻra, mazkur soxalarni rivojlantirish yuzasidan ikkitomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqishga kelishildi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi