Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida tegishli masʼullar ishtirokida taraqqiyot strategiyasi loyihasi qizgʻin muhokama etildi. Jumladan, taraqqiyot strategiyasi loyihasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yoʻnalishdagi masalalarni qamrab olgani aytib oʻtildi.

Shuningdek, uchrashuvda Prezidentimiz boshchiligida Oʻzbekistonning yangicha qiyofasini yaratish, yangi demokratik jamiyatni barpo etishdek ulugʻ maqsadlar atrofida birlashish, demakki, buning uchun oldimizda aniq rejalar boʻlmogʻi lozimligi taʼkidladi.

Tadbirda, maʼnaviyatchilar, harbiy askarlar va Chirchiq filiali masʼullari faol ishtirok etib, mavzuga oid oʻzlarini taklif hamda tavsiyalari bilan faol qatnashdilar.