O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rasmiy saytida standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish sohasi atamalarining izohli lug‘ati berib borilmoqda.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ISO va IEC ta’rifiga muvofiq, O‘zbekiston davlat standarti (O‘z DSt ISO/IEC 2:2007) sifatida qabul qilingan standartlashtirish “...muayyan sohada tartibga solishning maqbul darajasiga erishishga qaratilgan faoliyat”dir. Ushbu mazmunda “muayyan sohalar” bo‘lib standartlashtirish tizimining o‘zi ham, shuningdek, konstruktorlik hujjatlari, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash, o‘lchovlar yagonaligini taminlash, putur yetkazmaydigan nazorat, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘yish, akkreditlash, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sinash, sifat, xizmatlar, atrof-muhit muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik, texnikaning puxtaligi kabi standartlashtirishga tayanadigan boshqa tizimlar ham xizmat qiladi.
Standartlar negizida shakllantirilgan va ishlayotgan sanab o‘tilgan barcha tizimlar umumiy “tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari” nomi bilan birlashadi. O‘zbekistonda shakllantirilgan tizimlarga “O‘z” abbreviaturasi qo‘shiladi. Masalan, O‘zbekiston standartlashtirish tizimi (O‘z ST), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (O‘z TJTSDT), O‘zbekiston sifat tizimi (O‘zST) va b. O‘z navbatida, O‘zbekiston tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari O‘z TST shaklida belgilanadi.
Saytda e’lon qilinadigan izohli lug‘atga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida, ISO/MEK xalqaro standartlari va Butun jahon savdo tashkilotining (BST) hujjatlari va O‘z TST atamashunoslik standartlarida o‘z aksini topgan asosiy atama, tushuncha va tariflar kiritilgan. Lug‘atda atama va tushunchalar tariflarining barcha variantlari keltirilgan. Masalan, “xavfsizlik” atamasining O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan tarifi xalqaro ISO/IEC 2 standarti tarifi tahriridan farq qiladi. «Standart» atamasining ISO/IEC 2 va BSTning “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida kelishuv”laridagi tariflari ham bir xil emas. “Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjat” tushunchasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan kiritilgan, ISO/IEC da esa faqat me’yoriy hujjat atamasi mavjud.
Lug‘atda tushunchalar ularning tariflari bilan berilgan. Shuningdek, 3) o‘zaro bog‘liq sohalardagi atama va tushunchalar (masalan, iqtisodiyot, vektor, matematik modellashtirish, prognoz, texnika, funksiya, samaradorlik v.h.) ham keltirilgan.
Eslatma. «Atama» – narsa va hodisalar muhim xususiyatlarining aks etishi. «Tushuncha» – narsa haqida mantiqiy rasmiylashtirilgan umumiy fikr. Masalan, standartlashtirish – atama, xizmat ko‘rsatish sohasida standartlashtirish - tushuncha; standart – atama, umumiy texnik talablar standartlari – tushuncha; normativ hujjat – atama, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjat – tushuncha.
Izohli lug‘atni tayyorlashda M.Alimov va boshqalar muallifligida nashr qilingan “Standartlashtirish sohasida xalqaro atamalar bilan uyg‘unlashtirilgan davlat tilidagi atama va tushunchalarning izohli lug‘ati”, A.Abduvaliyev va boshqa olimlar tomonidan tayyorlangan “Ruscha-o‘zbekcha izohli metrologik lug‘at” materiallaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda Agentlik huzuridagi standartlar institutida ushbu lug‘atlarni qayta ishlab, boyitilgan variantini nashr qilish ustida ishlar olib borilmoqda.
Noibaxon Mamadaliyeva
Bosh direktor maslahatchisi
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты