“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ma’sullari ishtirokida institutning Surxondaryo filialida mutaxassislar uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 – avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 528 – sonli qarori yuzasidan keng tushunchalar berildi.
Mavzu doirasida ushbu qarorning mazmun mohiyati va ahamiyati, dolzarbligini aholi va tadbirkorlarga yetkazish maqsadida viloyat markazidagi “Matbuot uyi”da jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil qilindi.
Shuningdek, vohada metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash va kalibrovka laboratoriyalarini yaratish uchun filial laboratoriyalari imkoniyati va hududdagi o‘lchashlarga talab o‘rganilmoqda.
Bu kabi tadbirlarni Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.