“O‘zstandart” agentligi, tizim-tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarida davlat tilida ish yuritish hamda xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
 
Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi A.Pardayev Samarqand viloyati hududiy filiallarda bo‘lib, davlat tilida ish yuritishning holatini o‘rgandi.
Shuningdek, bo‘limlarda rasmiylashtirilayotgan muvofiqlik sertifikatlari, sinov bayyonnomalari bosqichma-bosqich davlat tilida yuritilish va xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tizimli yo‘lga qo‘yilishi kabi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan rejalar ishlab chiqildi.