Departament tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 2113 ta korxonalarda profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Buning natijasida 1263 ta korxonalar standartlar hamda 150 ta halqaro standartlar bilan bepul ta’minlandi. Shuningdek, 224 ta korxonalarda metrologiya hamda 136 ta korxonada sertifikatlashtirish sohasida qonun buzilish holatlarining oldi olindi.
Savdo do‘konlarida sotilayotgan va qurilish ob’ektlarida foydalanilayotgan sement va metall mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganish natijasida 2 turdagi sement va 41 turdagi metall mahsulotlari amaldagi standartlarga muvofiq emasligi aniqlandi.
Natijada sement mahsulotlarining muvofiqligini baholashda qo‘shimcha talablar (sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarining 3, 7, 28 kunlik sinovlari) kiritildi va sifatini nazorat qilish halqaro talablar asosida tartibga olindi. Qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlariga mahsus texnik reglament ishlab chiqilib, kimyoviy tarkibiga qo‘shimcha talablar belgilandi.
Savdo do‘konlari va dehqon bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini o‘rganish natijasida 334 turdagi mahsulotlar (go‘sht-sut, tuz, makaron, kofe va x.k.) amaldagi standartlarga muvofiq kelmadi.
Shunga asosan 180 ta ishlab chiqaruvchi, importyor va savdo qiluvchi tashkilotlarga yozma ko‘rsatmalar kiritilib, bugungi kunda 55 ta korxonalar o‘z kamchiliklarini bartaraf qildilar.
Departament tomonidan 342 ta sertifikatsiz mahsulot ishlab chiqarish holatlari aniqlanib, yozma ko‘rsatmalar berildi. Natijada 46 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sertifikatlashtirildi.
2020 yil davomida 24 ta sertifikatlashtirish idorasining faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 7 nafar xodimga ma’muriy chora ko‘rildi.
Departament tomonidan 427 ta korxonada metrologiya qoidalarining buzilishi aniqlanib, natijada 180 ta korxona tomonidan mavjud 2098 dona o‘lchov vositalari davlat qiyoslovidan o‘tkazildi. Yil yakuniga qadar 400 ta korxonaning metrologik holati o‘rganiladi.
Matbuot anjumanida kelib tushgan savollarga javob berildi.