Insoniyat uchun o‘lchashlar doimo muhim bo‘lib kelgan. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini o‘lchovlarsiz tasvvur etib bo‘lmaydi. Metrologik aniq o‘lchashlar umuminsoniyat turmush tarzini rivojlantirishi, hayot farovonligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shunday muhim sohani rivojlantirishdek ma’suliyatni olgan O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda. Institutda tashkil etilayotgan onlayn tarzdagi Texnik o‘qishlar yordamida xodimlar malakasini oshirishga, va ularda zamonaviy jihozlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakillantirishga yordam bermoqda.
Navbatdagi Texnik o‘qishlar institutning Namangan, Samarqand, Sirdaryo hamda Surxondaryo bo‘limlarida tashkil etildi.