Matbuot anjumani O‘zbekiston Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilib, unda OAV xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuvda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi faoliyatidagi muhim jihatlar ko‘rgazmali ma’lumotlar yordamida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksportyor korxonalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani so‘nggida jurnalistlarning savollariga javob berildi.