“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat markazi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Davlat boshqaruvining siysiy asoslari kafedrasi mudiri, Siyosiy fanlar doktori Aktam Jalilov ishtirok etdi.

 
Uchrashuvda Agentlik va tizim-tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish, madaniy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishning muhimligi xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi muhim qadamlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish, shu bilan birga iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida milliy sifat infratuzilmasini shakillantirish vazifalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘nggida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.