O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 noyabrdagi “2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3388-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, zargarlik eksport salohiyati va hajmini oshirish hamda uning geografiyasini kengaytirish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqining talablari o‘rganildi.

Yevropa Ittifoqining 1907/2006-sonli Reglamenti talablariga ko‘ra zargarlik buyumlarida qo‘rg‘oshin moddasining ruxsat etilgan miqdori 0,05% etib belgilangan, shuningdek, zargarlik buyumlari va mahsulotlari inson salomatligi yoki atrof-muhit uchun xavf tug‘dirsa, bu buyumlarni ishlab chiqarish, sotish hamda ulardan foydalanish ta’qiqlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O‘zstandart” agentligi Yevropa Ittifoqi davlatlariga zargarlik buyumlarini eksport qilishda keltirib o‘tilgan talablarni e’tiborga olish zarurligi va zargarlik mahsulotlarini eksport qilishda vakolat doirasida amaliy yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.



Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasi yoki O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat korxonasi xuzuridagi “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi”ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.