Tadbirda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari (MGS a’zolari)ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining, shuningdek MDH Ijroiya qo‘mitasi va MGSning standartlar Byurosi vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibiga asosan yig‘ilish ishtirokchilari MDH ishtirokchi-davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatlash, texnik reglamentlar, me’yor va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruv sohasida birgalikda amalga oshiriladigan ishlarga oid masalalarni muhokama etdi. Shu bilan birga Mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat mukofoti tanlovi, MGSning 2030 yilgacha Rivojlanish strategiyasi, pandemiya davrida milliy standartlashtirish tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.
Ctandartlar bazasini saqlash va rivojlantirish, texnik tartibga solish siyosatini kelishilgan xolda yuritish, ustivor vazifalarni belgilashda tomonlarning iqtisodiy manfaatlarini inobatga olish, yosh mutaxasislarni tayyorlash va kadrlarni zaxirasini shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalarni keng joriy qilish, ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazishni kengaytirish, o‘zaro munosobatlarni tartibga soluvchi xuquqiy bazani xalqaro talablar asosida takomillashtirish kabi mavzularda fikr almashildi.
MGS Kengashi xamraisi sifatida “O‘zstandart” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning MDH doirasidagi ahamiyati, xususan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida qilinayotgan amaliy tadbirlar va takliflari tinglandi.
Tadbir yakuniga ko‘ra soxalarni MGS doirasida takomillashtirishga oid bir qator vazifalar belgilandi va o‘tkazilgan tadbir yuzasidan yig‘ilish Bayoni imzolandi.
MGSning navbatdagi 57 yig‘ilishi tafsilotlari bilan batafsil
quyidagi link http://easc.by/proekt-mkp orqali tanishish mumkin