Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida belgilangan mavzu yuzasidan jurnalistlarga ma’lumot berildi.


Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) mas’ullari ta’kidlanganidek, joriy yilning shu kuniga qadar, davlat fondidagi umumiy standartlar 34585 tani tashkil etadi shundan, xalqaro standartlar 7955 taga (23 %) yetkazildi. 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida qabul qilingan xalqaro standartlar – 530 ta. Shundan: xalqaro standartlar - 315 ta (ISO, EN, IEC)xorijiy standartlar – 90 ta (GOST P, DIN) davlatlaro standartlar – 87 ta (GOST)davlat standartlari - 38 ta (O`z DSt)
2020 yil yanvar-may oylarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan 199 mln.so‘mlik 268 ta tashkilot standartlari va ularga o‘zgartirishlarni ekspertiza qilish bepul amalga oshirildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida, 300 ta tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga yagona talablarni belgilovchi unifikatsiyalangan 10 ta O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqildi, hozirgi kunda 609 tashkilot standarti o‘rniga 39 ta O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqilmoqda.
2020 yilda Respublikada 530 ta (reja 2900 ta) yangi zamonaviy ilg‘or texnikalar mujassamlangan xalqaro standartlar qabul qilindi.
Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va ma’nan eskirgan 16 ta standartlar amaliyotdan chiqarilib, 17 tasi qayta ko‘rib chiqildi.
Pandemiya davrida xalqaro standartlar asosida tibbiyot niqoblari va ximoya kiyimlariga tegishli davlat standartlari qabul qilinib amaliyotga kiritildi. Shuningdek, 72 ta tadbirkorlik sub’ektlariga tibbiyot niqoblari, ximoya kiyimlari, antiseptik vositalar, dezinfeksiya vositalariga tegishli standartlar bepul ta’minlandi.
Ayni vaqtda institutning Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi
250 tinglovchiga mo‘ljallangan, jihozlangan 10 ta auditoriyaga ega. Malaka oshirish kurslari “O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan Reja-jadval asosida, 70 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi. Markazning malaka oshirish kurslarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, shu jumladan 2 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi va 25 nafardan ortiq ekspert-auditor jalb qilinmoqda.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha Germaniya fizika-texnika instituti (PTB), Turk standartlari instituti (TSE), Belarus davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti (BelGISS), Rossiya standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi (ASMS), Chulalongkoron milliy tadqiqotlar universiteti (Tailand), Moldova Standartlar instituti (ISM) va boshqa bir qator xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Anjuman so‘nggida jurnalistlarning savollariga javb qaytarildi.